Rossiyaning ashaddiy tanqidchisi bo‘lgan amerikalik senator Jon Makkeynning qizi Megan Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni jahon siyosatining eng nufuzli qiyofasi deb hisoblashini aytdi. Shuningdek, u Barak Obamaning yetakchilik qobiliyatlarini shubha ostiga oldi.
“Ayni paytda Putin jahon sahnasida yetakchi shaxsdir. Prezident Obama bilan qiyoslaganda hatto Jimmi Karter ham Napoleon Bonapartga o‘xshaydi”, - dedi Megan Makkeyn Fix News telekanalining The Five ko‘rsatuvi efirida.
“Putin harakat qilmoqda, AQSh esa bu harakatlarga javob bermoqda”, - qo‘shimcha qildiu.