Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada sobiq gubernatorning hayotiga suiqasd amalga oshirildi
Meksika shtatlaridan birining sobiq gubernatori Kolima shag‘ridagi restoranda 2 nafar qurollangan shaxsning hujumiga yo‘liqdi.
Ayni vaqtda uning ahvoli og‘irligi, lekin uning hayoti saqlab qolingani aytilgan.
Ma'lum qilinishicha, Fernando Moreno Penya Kolimadagi universitetda avval dekan bo‘lib ishlagan shaxs bilan ovqatlanish uchun restoranga kelganida 2 nafar qurolli shaxs unga qarata o‘t ochishgan. Natijada sobiq amaldor olti joyidan jarohatlangan.
Hujum qiluvchilar zudlik bilan voqea joyini tark etishgan va ularni topishning iloji bo‘lmayapti.
52 yoshli Fernando Moreno Penya 1997 yildan 2003 yilgacha Kolima shtatini boshqargan.
Ushbu shtatdagi portda giyohvandfurushlik bilan shug‘ullanadigan jinoyatchilar guruhi in qurgan.
Qayd etish kerakki, Penyadan keyin shtatga gubernator bo‘lgan Gustavo Vaskes shubhali avariya tufayli halok bo‘lgan, undan keyingi gubernator Iisus Kavazos 2010 yilda o‘ldirib ketilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 2007 yildan buyon Meksikada hukumat kuchlari va jinoyatchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar tufayli 100 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan.