18:18 / 13.10.2015
13239

Mitsubishi O‘zbekiston bozoriga kirmaslikka qaror qildi

Mitsubishi Corporation korporatsiyasi O‘zbekiston bozoriga kirmaslikka qaror qildi. Bu haqda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

2014 yil iyulida O‘zbekiston va Yaponiya kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Ammo Yaponiya avtomobilsoz korporatsiyasining uning amalga oshirilishidan foyda ko‘rishiga ko‘zi yetmadi. Bu haqda kompaniyaning Toshkentdagi vakolatxonasi bosh menejyeri Tetsuya Sugita ma'lumot berdi.

Shartnomaga binoan O‘zbekistonda Artel bilan qo‘shma korxona tashkil etilishi lozim edi. Ammo kompaniya mutasaddilari bu mamlakatda o‘zlarining asosiy yo‘nalishi bilan muvofiq kelmaydigan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda ma'no ko‘rmadi.

“Konditsionerlar va split-tizimlar bozorini tahlil qilib, biz norentabel ishlab chiqarishga investitsiya kiritish kerak emas, degan xulosaga keldik, - dedi u. – Bugun O‘zbekiston bozorida bu mahsulot yetarlicha bor, uning narx diapazoni ham juda pastdir. Shu bilan bog‘liq ravishda biz strategiyamizni o‘zgartirdik va o‘zimiz uchun birinchi navbatda qiziqarli bo‘lgan yo‘nalishlarga asosiy diqqatni qaratishga qaror qildik”.

Top