Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:37 / 13.10.2015
4927
1 daqiqa o‘qiladi
Niderlandiya Boeing-777 eski raketa bilan urib tushirilganini tasdiqladi
Niderlandiya xavfsizlik kengashining yakuniy hisobotida Donbassda Malayziyaning Boeing-777 samolyoti 9M38 raketasi bilan urib tushirilgani aytildi.
Hujjatda ko‘rsatilishicha, raketa 9N314M harbiy qismi bilan jihozlangan bo‘lib, uning ichida portlatuvchi va ikki qavat tayyor temir fragmentlari bordir.
Hujjat bugun Gaagada ommalashtirildi. U bilan parallel ravishda Rossiyaning “Almaz-Antey” konserni o‘z hisobotini e'lon qilib, layner Ukraina tomonidan urib tushirilganini ta'kidladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish