Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyada Ukraina osmonida urib tushirilgan Boeing bo‘yicha hisobot e'lon qilindi
Malayziyaning Ukraina ustida urib tushirilgan Boeing-777 samolyoti halokatini taftish qilgan xalqaro ekspertlar guruhining aniqlashicha, samolyot 2014 yilning 17 iyul kuni “Buk” zenit-raketa kompleksi raketasi bilan urib tushirilgan.
Bu bayonot Niderlandiya xavfsizligi kengashining seshanba kuni Gaagada ommalashtirilgan yakuniy hisobotida aks etdi.
Hujjatda aytilishicha, raketa uchuvchi kabinasiga chap tomondan yorib kirgan. Raketa portlaganidan so‘ng samolyotning bosh qismi fyuzelyajdan ajralgan.
O‘z navbatida, “Kontsern PVO "Almaz - Antey" MChD bosh direktori Yan Novikov shu bugunning o‘zida e'lon qilingan hisobotida Boeing-777 Ukraina nazorati ostidagi hududdan urib tushirilganini ma'lum qildi. Aytilishicha, buni aniqlash uchun kompaniya mutaxassislari ro‘yxatdan chiqarilgan samolyotda amaliy tajriba o‘tkazishgan.