Jahon | 10:41 / 13.10.2015
5706
2 daqiqa o‘qiladi

Niderlandlar Ukrainadagi Boeing halokati sabablari bo‘yicha tergov natijalarini e'lon qiladi

Gollandiya harbiy havo kuchlarining Gilze-Reyn bazasida Niderlandlar xavfsizligi bo‘yicha kengash raisi Tibbe Yustra qariyb 15 oy davom etgan tergov ishlari yakunlariga bag‘ishlangan hisobotni e'lon qiladi.

Hujjatda to‘rtta asosiy savolga javob berilgan bo‘lishi kerak. Malayziyadan Niderlandiyaga parvozni amalga oshirayotgan samolyotning halokatga uchrashiga nima sabab bo‘lgani ularning eng asosiysi hisoblanadi. Hisobotda, shuningdek, mojarolar hududi ustidan parvozning amalga oshirilgani sababi to‘g‘risida ham xulosalar o‘rin olgan. Shu bilan birga, u nima uchun aviafalokat qurbonlarining yaqinlari ikki kundan to‘rt kungacha Boeing bortidagi yaqinlarining joylashgan o‘rni to‘g‘risida golland hukumati tasdig‘ini kutgani masalasiga javob talab qiladi. Nihoyat, hisobotda layner qulashni boshlagan vaqtda odamlarning nimalarni his etgani darajasi to‘g‘risidagi savolga javob beriladi.

Xabarda qayd etilishicha, mazkur tergov aybdorlik yoki javobgarlik masalasi bilan shug‘ullanmadi. Ushbu maqsadlar golland prokuraturasi olib borayotgan jinoyat ishida ko‘rib chiqiladi.

Bu boradagi dastlabki taxminiy hisobot 2014 yil 9 sentabrda e'lon qilingan edi. Unda mutaxassislar samolyot halokatiga “ko‘p miqdordagi yuqori darajada quvvatlantirilgan zarralarning tushishi, natijada samolyot havodayoq parchalarga bo‘linib ketgani” aytilgandi.

“Malaysia Airlines” aviakompaniyasiga tegishli Boeing-777 yo‘lovchi samolyoti 2014 yilning 17 iyul kuni MH17 reysi bo‘yicha Amsterdamdan Kuala-Lumpurga parvozni amalga oshirayotgan vaqtda Ukrainaning Donetsk viloyati ustida halokatga uchragan edi. Natijada samolyot bortidagi 298 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish