Jahon | 23:53 / 13.10.2015
4838
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Ramzon Qodirov Moskvada qo‘lga olingan terrorchini avvalroq o‘ldirilgan deb aytgan

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Moskvada teraktni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilinib qo‘lga olingan Aslan Boysultonovni Grozniyda o‘tgan haftada o‘tkazilgan maxsus operatsiyada o‘ldirilgan deb aytgan edi, deb xabar bermoqda “Mediazona” nashri.

TASS axborot agentligining ma'lum qilganidek, 8 oktabrda Qodirov jurnalistlarga Grozniyda IShID tarafdorlari guruhining yetakchisi bilan ikki nafar terrorchi yo‘q qilinganini ma'lum qilgandi.  

“Bular 1989 va 1990 yillarda tug‘ilgan Aslan Boysultonov va Magomed Mazayev”, deb aytgandi Qodirov va barcha o‘ldirilganlarda zarurat tug‘ilganda Chechenistonni tark etish uchun qalbaki hujjatlar bo‘lganini aniqlashtirib o‘tgan.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, Boysultonov Moskvadagi teraktni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan bombani Grozniydan olib kelgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish