Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Janubiy Koreyada tahsil olish uchun pediatrlar o‘rtasida tanlov e'lon qilindi
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi “Ko‘p ixtisosli bolalar tibbiy markazini yaratish” loyihasi doirasida ushbu markazda ishga joylashadigan mutaxassislarning Koreya Respublikasida tahsil olishi ko‘zda tutilganini ma'lum qildi.
Shu bilan bog‘liq ravishda Pusan Milliy universiteti Yangsan shifoxonasida bir yillik tahsil olish uchun mutaxassislar o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda tanlov e'lon qilindi:
1. Bolalar kardiologiyasi;
2. Bolalar yurak-tomir jarrohligi;
3. Bolalar nevrologiyasi;
4. Bolalar neyrojarrohligi;
5. Bolalar jarrohligi (kam invaziv jarrohlik);
6. Bolalar ortopediyasi;
7. Bolalar oftalmologiyasi;
8. Bolalar endokrinologiyasi;
9. Bolalar nefrologiyasi;
10. Bolalar allergiyasi, respirator va kritik yordam;
11. Bolalar infeksiyasi va klinik immunologiya;
12. Bolalar gastroentrologiyasi va nutritsiologiyasi;
13. Bolalar plastik jarrohligi;
14. Bolalar radiologiyasi;
15. Bolalar anesteziologiyasi;
16. Bolalar gematologiyasi va onkologiyasi;
17. neonatologiya va kritik yordam;
18. Bolalar reabilitatsiyasi;
19. Laboratoriya tibbiyoti.
Tanlovda ishtirok etish uchun ingliz tilini bilish shart. Tanlov bo‘yicha saralash Pusan Milliy universiteti vakillari tomonidan o‘tkaziladi.