Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Suriyada Rossiya va AQSh aviatsiyasi vizual aloqa qilganini ma'lum qildi
Suriya osmonida Rossiya samolyotlari va AQSh boshchiligidagi aviatsiya bir-biriga yaqinlashdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
“Rossiyaning bir juft samolyoti ko‘rish mumkin bo‘lgan yaqinlikda koalitsiyaning ikkita samolyotiga yaqinlashdi. Vizual aloqa bo‘ldi. Uchuvchilar o‘zlarini talab qilingandek tutdilar va o‘z vazifalarini bajarishda davom etdilar”, deb aytdi koalitsiya shtabi vakili Stiv Uorren.
6 oktabrda amerikalik harbiylar Rossiya samolyotlari bilan birinchi marta vizual aloqada bo‘lganlarini ma'lum qilgandilar.