16:29 / 13.10.2015
6530

Putin iqtisodiy inqirozning cho‘qqisi o‘tganligini ma'lum qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikricha, Rossiya iqtisodiyoti qiyin bosqichdan o‘tib olib, yangi sharoitlarga moslashish bosqichida turibdi.

“Ayrim mutaxassislarning fikricha, va men ularga qo‘shilaman, inqirozning cho‘qqisiga yetib bo‘ldik, deb aytsa bo‘ladi, va Rossiya iqtisodiyoti iqtisodiy hayotning o‘zgarayotgan qoidalariga ishonch bilan moslashib bormoqda”, - dedi u “VTB Kapital”ning forumidagi chiqishida.

Uning so‘zlariga qaraganda, bu jarayon barqarorlashuvning birinchi belgisidir. Iqtisodiyotning ayrim sektorlarida tushish kuzatilgani bilan, vaziyat yaxshilanishiga ham harakatlar bor. Bu ayniqsa qishloq xo‘jaligida sezilmoqda.
Shuningdek, Rossiya yetakchisi joriy yilning uchinchi choragida mamlakatga kapital kirib kelishi oqimi sezilarli kuchayganini ta'kidlab o‘tdi.

Top