Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston va BAA o‘rtasidagi vizalar butunlay bekor qilinadi
Qozog‘iston va BAA TIVlari ikki tomonlama vizalarni butunlay tugallash to‘g‘risidagi muzokaralarni boshlash haqida kelishuvga erishdilar. Bu haqda Qozog‘iston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aytilishicha, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rapil Jo‘shiboyev 12 oktabr kuni Abu Dabida amirliklardagi hamkasbi Ahmad al-Jirman bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni yanada ochiqlashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Jirman, o‘z navbatida, BAA yaqin vaqt ichida o‘zaro investitsiyalar bo‘yicha hukumatlararo kelishuv imzolashga tayyorligini ma'lum qildi.