11:42 / 13.10.2015
5141

Qozog‘istonlik firibgar ayol valyuta almashtirish shoxobchalari egalaridan 900 ming dollarni aldov orqali o‘zlashtirdi

Ostona shahrida valyuta almashtirish shoxobchasi xo‘jayinlaridan 900 ming dollarga yaqin pulni aldov yo‘li bilan o‘zlashtirgan qozog‘istonlik 30 yoshli ayol firibgarlikda aybdor deb topilib, 6 yil 8 oy muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda KazTAG 12 oktabr kuni xabar berdi.

Sud hukmiga binoan, ayolning mol-mulki musodara qilinib, umumiy tartibda jazoni ijro etish koloniyasida qamoq muddatini o‘taydigan bo‘ldi.

Tergov hujjatlarida keltirilishicha, Pavlodar viloyatidan bo‘lgan ayol jami bo‘lib uch nafar valyuta almashtirish shoxobchalari egasidan turli yolg‘on va'dalar, qiziqarli takliflar evaziga 890,5 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Top