Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramzon Qodirov Liviyada ozod etilgan matrosning Grozniyga yetib kelganini ma'lum qildi
Liviyada qo‘lga olingan “Mexanik Chebotarev” tankeridan ozod qilingan rossiyalik matros Pavel Magatin Checheniston poytaxti Grozniyga yetib keldi. Bu haqda Checheniston prezidenti Ramzon Qodirov ma'lum qildi.
“Pavel Magatin Grozniyga yetkazildi. U o‘zini yaxshi his qilmoqda. Biror-bir tibbiy yordamga ehtiyoj sezmayapti. 13 oktabr, seshanba kuni Pavel Astraxanda bo‘ladi”, deb yozdi Qodirov instagramdagi sahifasida.
Avvalroq Magatin Checheniston hukumati ko‘magida ozod qilingani ma'lum bo‘lgandi. Xabarda, shuningdek, tankerda oshpaz bo‘lib ishlagan Klyuchnikova ismli ayol ham ozod etilgani ma'lum qilindi.
“Liviya hukumati bilan muzokaralar o‘tkazish uchun men tomondan Tripoliga Checheniston rahbari maslahatchisi, Rossiya Davlat dumasi deputati Adam Delimxanov yuborildi. U Liviyaning yangi umumiy kongressi raisi (prezident) Nuri Abusamoniy bilan uchrashdi va mening nomamni yetkazdi”, deb muzokaralar tafsilotlarini izohlab berdi Qodirov va yaqin orada tanker ekipajining qolgan a'zolari ham ozod etilishiga umid bildirdi.
Qodirov ushbu munosabat bilan Liviya bosh vaziri Xalifa al-Havvolga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Ma'lumot uchun, tanker sentabr oyi o‘rtalarida neft kontrabandasida ayblanib Liviya portida qo‘lga olingandi. Kema operatori ekipaj noqonuniy hibsga olingani va hech qanday “hufiyona” tashishlar bilan shug‘ullanmaganini ta'kidlamoqda.