Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya FXXda Moskvadagi terakt uchun bomba Chechenistondan kelgan poyezdda olib kelingani ma'lum qilindi
Moskvada jamoat transportida portlatilishi kerak bo‘lgan bombani gumon qilinuvchilardan biri Chechenistondan kelgan poyezdda olib kelgan, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati tergovchisi ma'lum qildi.
“Gumonlanuvchilardan biri Aslan Boysultonov Grozniy temir yo‘l vokzalida o‘q-dori, detonator, portlovchi moddalar olgan va temir yo‘l hamda jamoat transportida ularni Moskvaga olib kelgan va ularni uyida tintuvda topilgunga qadar saqlagan”, deb aytdi tergovchi sud yig‘ilishida.
Avvalroq Moskvada teraktga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumon qilinganlardan ikki nafari o‘z aybini tan olgani ma'lum qilingandi.