Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya qiruvchilari Suriyada IShID kolonnasi va o‘q-dori omborini yo‘q qildi
Rossiyaning Suriyadagi harbiy havo kuchlari IShID guruhining harbiy texnika kolonnasini hamda ularga tegishli o‘q-dori omborini yo‘q qildi. Bu haqda mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov bayonot berdi.
Aytilishicha, zarbalar Xama va Halab viloyatlarida amalga oshirilgan.
“Al-Latamna hududida, Xama viloyatida, o‘q-dori zaxirasi yashirilgan bunker yo‘q qilindi. Aniq zarbalar natijasida Su-34 samolyotlari ushbu yer osti inshootini to‘laligicha vayron qildilar”, - ma'lum qildi u.
Shuningdek, Konashenko hujumlar natijasida jangarilarga tegishli benzin tashuvchi, o‘q-dori olib ketayotgan uchta yuk avtomobili va yirik kalibrli pulemyotlarga ega ikkita kuzatuv mashinasi yo‘q qilinganini aytib o‘tdi.