Sport | 18:20 / 13.10.2015
3415
2 daqiqa o‘qiladi

Kichik Roy Jons Moskvada 12 dekabr kuni WBA chempionligi uchun jang o‘tkazadi

Amerikalik mashhur bokschi, Rossiya fuqaroligini qabul qilgan Kichik Roy Jons 12 dekabr kuni Moskva shahrida 90,71 kg. vazn toifasida Butunjahon bokschilar assotsiatsiyasi (WBA) yo‘nalishi chempionligi uchun (super chempionlik) ringga chiqadi. Bu haqda TASS bokschining promouteri bergan ma'lumotga tayanib xabar tarqatdi.

«Keyingi haftada Moskvada uning raqibi bilan birgalikda matbuot anjumani tashkil qilinadi. Jang WBA «superchempion»ligi uchun 12 dekabr kuni «VTB Ledovyy dvorets» muz saroyida bo‘lib o‘tadi», - deya ta'kidladi Xryunov.

Hozirda mazkur vazn toifasida «muntazam» chempionlik kamariga rossiyalik Denis Lebedev (2012 yildan buyon) egalik qilib kelmoqda.

Promouterning so‘zlariga ko‘ra, Roy Jons 14 marotaba WBA yo‘nalishi chempionligi kamarini himoya qilgan. Shuningdek u boshqa o‘zidan yuqoriroq bo‘lgan vazn toifasi superchempionligini ham qo‘lga kiritgan. Shu boisdan mazkur jangni tashkil qilish huquqiga ega. Bu masala WBAning maxsus yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan.

O‘z vaqtida kichkina-Jons vazn toifasidan qat'iy nazar dunyoning eng yaxshi bokschi sifatida e'tirof etilgan. U to‘rt vazn –o‘rta, ikkinchi o‘rta, yarim og‘ir va og‘ir vazn toifalarida chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan yagona sportchi sanaladi. Uning hisobida professional ringda qo‘lga kiritilgan jami 62 g‘alaba (45 nokaut) va 8ta mag‘lubiyat bor.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish