Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada soqol qo‘ygan erkaklar klubi a'zolari IShID terrorchilari deb yanglish qabul qilindi
Shvetsiyada soqol qo‘ygan shvedlar klubi a'zolari qora bayroq bilan suratga tushayotgan paytda voqea joyiga politsiya tashrif buyurdi. Huquq-tartibot muassasalari xodimlarini derazasi tagida terrorchilar yig‘ilayotganini ta'kidlagan mahalliy vakil chaqirtirgan. Bu haqda The Local nashri xabar bermoqda.
“Shvetsiya soqolli yovuzlari” deb nomlangan ushbu tashkilot “adolatsizlik, tahqirlashlar va irqchilikka” qarshi kurash olib boradi va quyuq soqol qo‘ygan erkaklardan tashkil topgan. Politsiyani chaqirtirgan guvoh soqolli erkaklardagi qora bayroqni IShID bayrog‘i deb qaror qilgan.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar gap terrorchilar haqida ketmayotganini darrov fahmlaganlar.
“Politsiya shunchalik tez ortiga qaytib ketdiki, hattoki biz mashinalarni noto‘g‘ri qo‘yganimizni ham payqamadi”, deb aytmoqda klub a'zolaridan biri.
Soqol qo‘ygan erkaklar bu holatni yumor bilan qabul qilishgan.
