Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya mojarosi: 13 oktabr kuni Yaqin Sharq mintaqasiga bog‘liq holda sodir bo‘lgan muhim voqealar
Quyida bugun "Suriya mojarosi" bo‘yicha yuz bergan eng muhim yangiliklarni takroran havola qilamiz.
Pentagon Suriya muxolifatiga o‘q-dorilardan iborat yukni yetkazib berganini tasdiqladi>>

AQShning harbiy-transport samolyotlari Suriyaga IShID bilan kurashayotgan muholifat uchun o‘q-dorilardan iborat yukning birinchi partiyasini parashyutlarda tashladi. Bu haqda Pentagonda TASS axborot agentligi muxbiriga ma'lum qilindi.
Federika Mogerini: Bashar Asad bilan muzokaralarni BMT olib borishi kerak>>

Yevropa Ittifoqining xorijiy ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy raisi Federika Mogerini Suriyaning amaldagi prezidenti Bashar Asad bilan muzokaralar BMT boshchiligida o‘tishi kerakligiga ishonchi komilligini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.
Ukraina Mudofaa vazirligi: Rossiya samolyotlari Suriyaga kontrabanda tashimoqda>>

Ukraina razvedkasiga Rossiya harbiy aviatsiyasi uchuvchilari o‘z xizmat vakolatlarini suiiste'mol qilayotganlari ma'lum bo‘ldi.
“Al-Qoida”ning Suriya filiali rahbari muxolifatni Rossiyaga javob berishga chaqirdi>>

“Al-Qoida” tashkilotining Suriya filiali bo‘lmish “Jabhat an-Nusra” rahbari Abu Muhammad al-Guloniy mamlakat muxolifatini Rossiyaning va alaviylar qo‘shinlarining hujumlariga javob berishga chaqirdi. U Rossiya harbiylarining sunniylarga uyushtirayotgan tartibsiz hujumlariga hujum bilan javob berish lozimligini ta'kidladi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Rossiyaning Suriyadagi elchixonasi hududiga ikkita mina tashlandi>>

Rossiyaning Suriyadagi elchixonasi hududiga ikkita mina tashlandi. Bu haqda TASS agentligiga diplomatik vakillikning birinchi kotibi Eldar Qurbanov ma'lumot berdi.
Voqea joyida hech kim zararlanmadi.
LA Times: Rossiya AQShning Suriyadagi imkoniyatlarini cheklamoqda>>

AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati Rossiyaning Suriya ixtilofiga aralashuvi birinchi navbatda Vladimir Putinga ziyon keltirishini ta'kidlaganda haq bo‘lib chiqishi mumkin.
Putin iqtisodiy inqirozning cho‘qqisi o‘tganligini ma'lum qildi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikricha, Rossiya iqtisodiyoti qiyin bosqichdan o‘tib olib, yangi sharoitlarga moslashish bosqichida turibdi.
Putin AQSh qurollari IShID qo‘liga tushmasligiga kafolat yo‘qligini aytdi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh yana Suriyaning mo‘'tadil muxolifatiga qurol-yarog‘ yetkazishni boshlagani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
Lavrov: AQSh Suriya muxolifatiga yetkazayotgan qurollarning bir qismi terroristlar qo‘liga tushmoqda>>

Rossiya AQSh tomonidan Suriya muxolifatiga yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan qurollarning bir qismi terroristlar qo‘liga tushayotganiga shubha qilmayapti, deya xabar tarqatdi RIA «Novosti».
WSJ: Suriyadagi tuzilmalar Asadga qarshi kurash uchun birlashmoqda>>

Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolarga Rossiyaning aralashuvi natijasida Suriyada bir qator muxolif tuzilmalar birlashishga qaror qildi, deya yozmoqda The Wall Street Journal.
Putin: Rossiya Suriyada yetakchilikka intilmayapti>>

“Rossiya Suriyada yetakchilikka intilmayapti, terrorchilikka qarshi kurashga hissa qo‘shmoqchi, xolos. Suriyada faqat bitta yetakchi bo‘lishi mumkin – Suriya xalqi. Barcha harakatlarimiz BMT Yo‘riqnomasiga qat'iy mos keladi.
Rossiya qiruvchilari Suriyada IShID kolonnasi va o‘q-dori omborini yo‘q qildi>>

Rossiyaning Suriyadagi harbiy havo kuchlari IShID guruhining harbiy texnika kolonnasini hamda ularga tegishli o‘q-dori omborini yo‘q qildi. Bu haqda mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov bayonot berdi.