Jahon | 19:05 / 13.10.2015
6533
1 daqiqa o‘qiladi

Tilini hamisha chiqarib yuradigan mushukka bag‘ishlangan instagram sahifasi ommalashib ketdi

Instagramda tilini hamisha chiqarib yuradigan mushukka bag‘ishlangan sahifa qariyb 27 ming obunachi to‘pladi. Ijtimoiy tarmoqlarning yangi yulduzining laqabi Mister Magu bo‘lib, u ikki yoshda va Kanadaning Vankuver shahrida yashaydi.

The Daily Mail nashrining ta'kidlashicha, mushukning muxlislari ba'zi mashhur insonlarnikidan ko‘proq. Mushukning noodatiy ko‘rinishi unda pastki jag‘ biroz orqaroq joylashgani bilan tushuntiriladi. Aynan shu sababli mushukning tili hamisha chiqib turadi.

Mr Magoo has 26,000 followers on Instagram with his owner regularly posting pictures in fun outfits

Mr Magoo is one of several tongue-out cats to shoot to fame on social media

Mushuk uning noodatiy ko‘rinishiga mos tarzdagi stilga ega. Misol uchun, suratlardan birida Mister Magu gavayicha ko‘ylakda “o‘zini ko‘z-ko‘z qilgan”. Mushuk tushgan suratlar katta mashhurlikka ega bo‘lib, kuniga o‘rtacha mingtagacha ”layk” yig‘ishga muvaffaq bo‘lmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish