06:45 / 13.10.2015
4209

Tojikistonda prezident Rahmonning sitatalari asosida salomatlik haqida kitob chop etildi

Tojikistonda prezident Emomali Rahmonning salomatlik haqida aytgan turli gaplari asosida yaratilgan “Emomali Rahmon: millat salomatligi – tuman boylik” deb atalgan kitob chop etildi. Bu haqda Tojikistonning “Xovar” milliy axborot agentligi ma'lum qildi. 

Ushbu kitobga Emomali Rahmonning 1997 yildan 2015 yilgacha bo‘lgan davr ichida mamlakatning turli viloyatlari aholisi, yoshlar, sportchilar va murabbiylar, sport va sog‘liqni saqlash tarmog‘ida faoliyat yurituvchi xodimlar bilan uchrashuvlari va suhbatlaridagi nutqlari va murojaatlari kiritilgan.

Kitobga, shuningdek, tojik sportchilarining turli darajadagi sport musobaqalari – Olimpiya o‘yinlaridan tortib ixtisoslashtirilgan xalqaro musobaqalargacha erishgan g‘alabalari, mamlakatda barpo etilgan sport infratuzilmasi obektlari haqida ma'lumotlar berilgan. Kitob Tojikistonda taniqli sport jurnalisti va sharhlovchisi, Tojikiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi maslahatchisi Narzullo Latipov tomonidan yaratildi.

Top