10:05 / 13.10.2015
7588

Xotin-qizlar qo‘mitasi: Love Story pulni havoga sochishdir

O‘zbekiston Milliy universiteti Xotin-qizlar qo‘mitasi rahbari, dotsent La'lixon Muhammadjonova har beshta to‘yning birida Love Story namoyish etilayotganidan taajjubda ekanligini ma'lum qildi.

“Bir-birini taniganiga bir oygina bo‘lgan yoshlar haqida Love Story tushirish mumkinmi? Bu bilan biz o‘zimizni aldamayapmizmi? Klipni tayyorlashga 500 dollardan 1.5 ming dollargacha sarflanadi. Bu milliy an'analarimizga mos kelmaydigan moda ketidan quvib pullarni havoga sochishdir”, - uning so‘zlarini keltiradi “Oila davrasida” gazetasi.

Top