00:10 / 14.10.2015
2784

“Aeroflot” “Transaero”ning 6 ming xodimini ish bilan ta'minlashga tayyorligini ma'lum qildi

“Aeroflot” kompaniyasi “Transaero” kompaniyasiga tegishli 34 ta samolyotni va 6 ming xodimini o‘ziga ishga olishga tayyor, deb ma'lum qildi “Aeroflot” kompaniyasi rahbari Vitaliy Savelev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning hukumat a'zolari bilan uchrashuvida.

“Aeroflot” “Transaero”ning 6 mingga yaqin xodimini o‘ziga ishga oladi. Biz lizing beruvchilarning “Transaero”ga bergan 34 ta samolyotini ham o‘zimizga olishni rejalashtirmoqdamiz”, deb aytdi Savelev.

Rossiya transport vaziri Maksim Sokolov “Transaero” xodimlarining umumiy sonidan 6 mingdan ko‘prog‘i “Aeroflot” kompaniyalari guruhiga ishga o‘tishlari muminligini tasdiqlagan.

“Kompaniya bankrotga uchragan taqdirda ko‘p miqdordagi xodimlar Sberbankka ishga o‘tishlari mumkin. Sberbank ularni qabul qilishga tayyorligini ma'lum qildi”, deb aytdi vazir.

Sokolovning aytishicha, Moskva aviatsiya uzelining turli tashkilotlari va kompaniyalari xodimlarini ish bilan ta'minlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Top