Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh davlat kotibi Falastin va Isroil o‘rtasidagi ixtilof zonasiga tashrif buyuradi
AQSh davlat kotibi Jon Kerri Falastin va Isroil o‘rtasidagi keskinlikni bartaraf qilish maqsadidad ixtilof zonasiga tashrif buyurishini ma'lum qildi.
“Men u yerga yaqin vaqt ichida tashrif buyuraman, har qanday daqiqada bu amalga oshishi mumkin, tartibli ishlarga harakat qilamiz, biz bu choh chetidan keta olamizmi, yo‘qmi, qarab ko‘raman”, - dedi u Garvard universiteti o‘qituvchilari va talabalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda.
Seshanba kuni Davlat Departamenti Isroil va Falastin o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashishidan xavotirda ekanligini bildirdi. Shuningdek, o‘sha kuni 3 nafar isroillikning hayotiga zomin bo‘lgan terakt departament tomonidan qoralandi.