19:21 / 14.10.2015
12922

Chinara Asanova: IShID qirg‘izistonliklarni qanday qilib yollamoqda?

Sputnik agentligining kolumnisti Chinara Asanova IShID nega qirg‘izistonliklarning diqqatini tortayotgani, nega ushbu mamlakatning ayrim fuqarolari Suriya va Iroqqa ketib qolayotganini maxsus maqolada ko‘rib chiqdi.

“Axborot agentliklari Rossiyaning IShIDga 450 zarba berib ulgurganini vahima bilan yozmoqda. Ari iniga teginmang, ular har yoqqa sochilib ketadi, qabilida. Lekin ular shunaqasi ham butun dunyoga tarqalib ulgurgan”, - deb yozadi jurnalist.

Uning fikricha, Rossiya operatsiyasi Qirg‘izistonga ham naf keltiradi, negaki ushbu mamlakatdan kuchga to‘la yoshlarning IShID ekstremistlariga qo‘shilish uchun chiqib ketishi holatlari borgan sari ko‘proq kuzatilmoqda.

“E'tibor bering, ularni hech kim zo‘rlab olib ketmadi, ular o‘z ixtiyori bilan Suriyaga yo‘l olishdi”, - ta'kidlaydi Asanova.

“Nega?” degan savolga aniq javob yo‘q, - so‘zida davom etadi jurnalist. – Ayrim ekspertlar IShID tarkibida professional psixologlar bor, deb hisoblaydi. Lekin bu ham aniq sabab emas. Eng muhimi, “Bunga qarshi nima qilish kerak?” degan savolga ham hech kim aniq javob bermaydi”.

Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, ayni kunlarda IShID tarkibida 300dan ortiq qirg‘izistonlik harakat qilmoqda.

Top