22:58 / 14.10.2015
3490

Eron yangi oltin konini o‘zlashtirish uchun tender o‘tkazmoqda

Eron Kazvin viloyatidagi Nikuiye oltin konini o‘zlashtirish uchun tender o‘tkazmoqda, deb xabar bermoqda Eronnning tog‘-kon sanoatini rivojlantirish tashkilotining (IMIDRO) geologorazvedka boshqarmasi boshlig‘i Ali Asqarzoda.

“Konning o‘zlashtirilishi loyihasining ishtirokchilari 18 oktabrgacha ariza topshirishlari kerak”, deb aytdi Asqarzoda.

Asqarzodaning ta'kidlashicha, konning maydoni 10 kvadrat kilometrni tashkil qiladi.

Eronning isbotlangan oltin zaxiralari 340 metrik tonnaga baholanadi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat dunyoda 46-o‘rinni egallaydi. Eronda 24 ta oltin koni amal qiladi.

Top