Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 20:32 / 14.10.2015
2960
1 daqiqa o‘qiladi
YeVRO-2016 chiptalari 235 yevrodan 20589 yevrogacha bo‘ladi
Fransiyada bo‘lib o‘tadigan YeVRO-2016 bahslarining guruh o‘yinlari uchun chiptalar narxlari ma'lum bo‘ldi.
Xabar qilinishicha, guruh bahslari uchun chiptalar narxi 235 yevrodan 11 750 yevrogacha bo‘ladi. Final bahsining eng arzon chiptasi esa 1310 yevro turadi. Eng qimmat chiptani esa 20 589 yevroga xarid qilish mumkin.
Yevropa chempionati 2016 yilning 10 iyunidan 10 iyuligacha bo‘lib o‘tadi.
Shu yilning 12 dekabr kunida Parijda Yevro-2016 turnirining guruhlari tuzib chiqilishi uchun qur'a tashlanadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish