Jahon | 20:17 / 14.10.2015
2763
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada Shveytsariyaning “Xornet” rusumidagi harbiy samolyoti falokatga uchradi

Fransiyada Shveytsariyaning harbiy samolyoti falokatga uchradi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Payyern aviabazasiga tegishli bir kishilik F/A-18 “Xornet” qiruvchi samolyoti Fransiya sharqidagi aholi yashamaydigan hududlar ustidan mashg‘ulot parvozi amalga oshirayotgan bo‘lgan. Samolyot Fransiyaning Bezanson shahri yaqinida yerga qulab tushdi. Uchuvchi jarohat oldi. Falokat sabablari hozircha noma'lumligicha qolmoqda.

Hammasi bo‘lib Shveytsariya harbiy-havo kuchlarida 31 ta ko‘p maqsadli F/A-18 “Xornet” qiruvchi samolyoti xizmat o‘taydi. Bu samolyotlar mamlakatning asosiy jangovor aqiatsiyasi hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish