O‘zbekiston | 10:55 / 14.10.2015
3128
2 daqiqa o‘qiladi

FVV: Markaziy Osiyodagi muz ko‘llarining ahvoli nazoratni talab qiladi

Markaziy Osiyodagi muz ko‘llarining ahvoli nazoratni talab qiladi. Meteorologlar va soha ekspertlarining nazoratisiz ularning erishi va toshqinlar hamda boshqa tabiiy ofatlarning kelib chiqishi tahdidlari ko‘p karra o‘sadi. Bu haqda O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Aripov bayonot berdi.

“Farg‘ona vodiysining 3.6 ming m dan balandroqdagi tog‘ tizmalaridagi daryo havzalarida joylashgan ko‘llar kuchli e'tiborni talab qiladi”, - dedi u Toshkentda o‘tkazilgan matbuot anjumani chog‘ida.

Ma'lumotlarga qaraganda, bu hududda 187 glyatsial ko‘llar joylashgan.
“Daryo irmoqlarining to‘silishi natijasida yuzaga kelgan va doimiy nazoratda bo‘lgan ko‘llardan farqli o‘laroq, muz ko‘llarida shu paytgacha maxsus monitoring o‘tkazilmayapti. Tog‘ ko‘llarining toshib ketishi bilan bog‘liq xatar ularning monitoringi va yaxshilash chora-tadbirlaridan, shuningdek, metodik ishlar o‘tkazishdan iborat uzoq istiqbolli tizim yaratishni taqozo etadi”, - qo‘shimcha qildi Aripov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish