Jahon | 10:00 / 14.10.2015
3159
1 daqiqa o‘qiladi

Hillari Klinton Suriyada parvozsiz zona yaratishni taklif qildi

AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klinton AQSh va uning ittifoqchilari Suriyada harbiy operatsiyalar o‘tkazish uchun man qilingan zona yaratishi lozimligini aytdi. Demokratik partiyadan nomzodlarning birinchi teledebatlaridagi chiqishida u bunday taklifni bildirdi.

Siyosatchining fikricha, bunday zonaning yaratilishi tinch aholini u yerga ko‘chirish yo‘li bilan himoya qilish, shuningdek, Rossiyaga bosim o‘tkazish uchun qulay sharoit yaratib beradi.
“Biz bunday zonani yaratsak, odamlar Suriyadan qochmaydi, balki u yerda qoladi”, - deb ta'kidladi Klinton xonim.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish