Sport | 19:58 / 14.10.2015
2766
1 daqiqa o‘qiladi

Ilhom Bahromov yunon-rum kurashi bo‘yicha Rossiyada o‘tgan turnirda kumush medal oldi

Yunon-rum kurashi bo‘yicha Nankin Olimpiadasining chempioni Ilhom Bahromov (-50 kg) Rossiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda kumush medal bilan taqdirlandi.

Ukraina, Rossiya, O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari vakillaridan iborat 200 nafardan ortiq yosh kurashchilar bahs olib borgan bellashuvda O‘zbekiston terma jamoasi 2ta kumush va bitta bronza medallarini jamg‘arishdi.

Javohir Mirahmedov (-55 kg) ham finalda raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, ayni shu vaznda Kamoliddin Zayniddinov shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Nankin Olimpiadasining yana bir qatnashchisi Abubakr Alimov (-74 kg) bronza medali uchun o‘tkazilgan bahsda mag‘lubiyatga uchradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish