10:04 / 14.10.2015
3940

JCh-2018 saralash. Bahrayn Filippinni mag‘lub etdi

Osiyo mintaqasida JCh-2018 saralash bosqichi doirasida 6-tur o‘yinlari yakuniga yetdi.

O‘zbekiston terma jamoasi o‘rin olgan "H" guruhida Bahrayn terma jamoasi o‘z maydonida Filippinni qabul qildi. Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa Ismoil Abdulatif va Sayid Adnan Hussayn tomonidan urilgan gollar bahraynliklarga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, Bahrayn o‘z ochkolarini 6taga yetkazib oldi. Filippin hisobida esa 7 ochko mavjud. Guruhni KXDR (13 ochko) terma jamoasi boshqarmoqda.

JCh-2018, saralash bosqichi.

"H" guruhi, 6-tur.

Bahrayn - Filippin 2:0

Gollar: Ismoil Abdullatif (53), Said Muhammad (61)

Top