13:51 / 14.10.2015
3921

Kerri: neft narxining tushishi “muammo tug‘diruvchi” davlatlar byudjyetiga ta'sir ko‘rsatdi

Neft narxining tushishi Rossiya iqtisodiyotiga halokatli ta'sir o‘tkazayotganidan AQSh hukumati mamnun emas. Bu haqda AQSh davlat kotibi Jon Kerri Garvard universiteti o‘qituvchilari va talabalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“Rossiyada neft narxining tushishi va sanksiyalar iqtisodiyotda qiyinchiliklar keltirib chiqardi. Biz bundan quvona olmaymiz, negaki rossiyaliklar aziyat chekishini istamaymiz. Albatta, biz Ukraina masalasidagi o‘zgarishlarga erishmoqchimiz, o‘ylashimcha, yaqin bir oy ichida bu borada biror natijaga ega bo‘lamiz”, - dedi u.

Shu bilan birga, neft narxlari “muammo tug‘diruvchi” mamlakatlar byudjyetiga og‘ir botayotganligi qayd qilib o‘tildi.

Top