08:56 / 14.10.2015
8170

Latviya islom davlatiga aylanishi bashorat qilinmoqda

Latviya 50 yildan keyin islom davlatiga aylanadi. Bunday bayonot bilan Latviya Islom madaniyati markazi matbuot kotibi Robert Klimovich chiqdi, deb xabar bermoqda Delfi nashri.

Klimovichning fikricha, 21-asr o‘rtalariga kelib Latviyadagi ko‘pchilik bolalar musulmon oilalarida dunyoga keladi. Klimovich va markaz rahbari Yanis Lutsinsh islom “bu davlatni tinchlik yo‘li bilan zabt etishning” eng yaxshi usuli ekanligiga ishonch bildirishdi.

Avvalroq Klimovich Riga meri Nil Ushakovning qochqinlarga qabristonlarga qarashni yuklash taklifiga qarshi chiqqandi va “dindor musulmonlar xochlarni buzishlari lozim, bunday ishda esa bu xochlarga qarash va hurmat bildirishni ta'minlashga to‘g‘ri keladi” deb aytdi.

Latviyadagi Islom madaniyati markazi 2011 yilda tashkil etilgan bo‘lib, markazning maqsadlari Latviya musulmonlarini birlashtirish, islom dini bilan bog‘liq turli tadbirlar o‘tkazish, islomning asl qadriyatlarini tushuntirishdan iborat deb ko‘rsatilgan.

Sentyabrda Yevrokomissiya Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlaridan 40 ming qochqinni butun Yevropa Ittifoqi bo‘ylab taqsimlash qarorini qabul qildi. Unga ko‘ra Latviya 737 qochqinni qabul qilishi kerak. Mamlakatdagi ko‘pchilik siyosiy kuchlar, taniqli jamoat arboblari qochqinlarni qabul qilishga qarshi chiqdilar. Latviya hukumati  kvotalarga qarshi chiqib, 250 nafar qochqinni qabul qilishga tayyorligini, biroq shu bilan birga bu masalada umumevropa hamjihatligini namoyosh qilish zarurligini ta'kidlab o‘tgan.

Top