17:20 / 14.10.2015
9728

Lavrov: Moskva Rossiyaning Damashqdagi elchixonasi o‘qqa tutilishiga AQSh ko‘rsatgan munosabatda taajjubda

Rasmiy Moskva Rossiyaning Damashqdagi elchixonasi o‘qqa tutilishiga AQSh ko‘rsatgan munosabatda taajjubda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bayonot berdi.

Ma'lumki, AQSh BMT Xavfsizlik Kengashida Rossiya elchixonasining minomyotdan o‘qqa tutilishini qoralovchi bayonot qabul qilinishiga qarshi chiqishdi.
“Biz namunali matn tarqatdik, undan Xavfsizlik Kengashi ko‘p bora foydalangan, masalan, Yevropada, Afrikada va dunyoning boshqa qismlarida teraktlar bo‘lganida”, - dedi Rossiya diplomatiyasi boshlig‘i.

“Afsuski, biz terrorchilikka qarshi kurashayotganimizga ishonqiramay qarayotgan o‘sha amerikalik hamkasblarimiz ushbu voqeani terakt sifatida tushuntirgan formulirvokani qabul qilishdan bosh tortishdi”, - qo‘shimcha qildi Lavrov.
Aytilishicha, AQSh vakillari bu voqeani shunchaki “o‘qqa tutish” deb atashni taklif qilishgan.

Top