Jamiyat | 19:14 / 14.10.2015
7149
1 daqiqa o‘qiladi

Makka va Madinadagi 2 masjid imomi Moskvadagi juma namozi vaqtida ma'ruza qiladi

Makka shahridagi Al-Harom va Madinadagi Payg‘ambar masjidi imomi hisoblanuvchi Mohir al-Muaykli 16 oktabr, juma kuni Moskvadagi jome masjidida ma'ruza qiladi. Bu haqda Rossiya federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi matbuot xizmati xabar bergan.

"Moskvadagi jome masjidida bu haftadagi Juma ibodatiga ikki muqaddas masjid imomining ma'ruza qilishi barcha musulmonlar uchun haqiqiy bayram bo‘ladi", deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, Mohir al-Muaykli Moskvaga 11 oktabr kuni kelgan, u bu yerda o‘tkazilayotgan Qur'oni karim qiroati tanlovida ishtirok etgan.

"Shayx Mohirning Quroni karimni qanday tilovat qilishi millionlab musulmonlar uchun tanish. Hurmatli shayx millionlab musulmonlarning sevimli kishisi hisoblanadi, millionlab musulmonlar o‘z ibodatlarida uni duo qilishadi", deydi Rossiya Federatsiyasi musulmonlar diniy boshqarmasi rahbari Ravil G‘aynutdin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish