21:51 / 14.10.2015
4806

«Manchester Siti» shayx Mansur qo‘liga o‘tgandan buyon ilk marta yilni foyda bilan yakunladi

Bugun «Manchester Siti» klubi 2014/15 yilgi mavsum uchun hisobotni ma'lum qildi.

Unga ko‘ra klub shayx Mansur qo‘liga o‘tgandan buyon ilk marta mavsumni foyda bilan yakunlay oldi. "Shaharliklar" 10,7 million funt daromad qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, shayx Mansur ibn Zayd al-Nahyon 2008 yilda "Manchester Siti"ni sotib olgan va shundan buyon bir milliard funtdan ortiq mablag‘ni klub uchun sarflagan. Klub nihoyat daromad keltira boshladi.

Qolaversa, "shaharliklar" rekord qiymatda pul ishlashga muvaffaq bo‘lishgan - 351,8 million funt.

Bu orada tijorat ishlari 4 foizga o‘sib, 173 millionga yetgan bo‘lsa, translyatsiyalar 2 foizga o‘sgan va 135,4 million funtni tashkil etmoqda.

Top