Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada 100dan ortiq muhojir jinoyatchilar qo‘lidan ozod qilindi
Meksika federal politsiyasi va migratsion organlar xodimlari 114 nafar chet el fuqarosini jinoiy guruh vakillari qo‘lidan ozod qildi. Ular orasida o‘nlab bolalar bor edi, deb xabar beradi RIA Novosti agentligi.
Meksika migratsiya milliy instituti ma'lumotlariga qaraganda, jinoyatchilar odamlarni treylerda olib ketayotgan edi. Ularni AQShga olib o‘tishga harakat qilinayotgan chog‘da bu xatti-harakatlardan shubhalangan huquq-tartibot organlari tekshiruv o‘tkazishgan. “Yuk” noqonuniy muhojirlardan iborat ekanligini ko‘rgan politsiya darhol jinoiy guruh a'zolarini qo‘lga olgan.