17:08 / 14.10.2015
12811

Nabiullina Rossiyaning qo‘rqinchli tushi qanaqa bo‘lishini aytdi

Barreli 50 dollar miqdoridagi neft narxlarining 15 yil mobaynida saqlanib turishi Rossiya uchun eng qo‘rqinchli narsa emas. Iqtisodiy o‘zgarishlarning sekinligi mamlakatning chinakam qo‘rqinchli tushiga aylanishi mumkin.

Bu haqda markaziy bank rahbari Elvira Nabiullina Bloomberg agentligi bilan bo‘lgan suhbatda aytib o‘tdi. “Meni ko‘proq iqtisodiy islohotlar sur'atlari bezovta qilmoqda, axir ular mamlakatga investitsiyalar chaqirishi kerak.

Rossiya investorlar uchun qiziqarli mamlakatga aylanishi juda muhim, men bunday o‘zgarishlar sur'atlaridan xavotirdaman”, - dedi u.
Bank rahbarining fikricha, hozirlikda neft narxlari pastligi sharoitida iqtisodiyotni o‘stirishning kompleks rejasini tuzish kerak.

Top