Jahon | 07:46 / 14.10.2015
5146
2 daqiqa o‘qiladi

NYT: Suriyadagi muxolifat jangarilari AQShdan aviatsiyaga qarshi qurol-aslaha so‘ramoqda

Suriya muxolifati jangarilari qo‘mondonlari Rossiya mamlakatda operatsiya boshlaganidan keyin ularga AQShning tankka qarshi yirik qurol-aslahalari yetkazib berilayotganini ta'kidlamoqdalar, deb yozmoqda New York Times nashri.

“Biz so‘ragan narsamizni qisqa vaqt davomida olmoqdamiz”, deb aytdi nashrga guruhlardan birining qo‘mondoni.

Nashrning ta'kidlashicha, tankka qarshi TOW raketa majmualari birinchi marta mintaqaga AQSh, Saudiya Arabistoni va Vashingtonning boshqa ittifoqchilarining  maxfiy dasturi doirasida 2013 yildan yetkazib berila boshlangan. Isyonchilarning aytishicha, 2013 yilda Saudiya Arabistoni bu maqsadda AQShdan 13 mingta TOW majmuasini sotib olgan. Qayd etilishicha, ushbu operatsiyani Pentagon emas, balki Markaziy razvedka boshqarmasi o‘tkazmoqda.

Hozirda qurol-aslaha yetkazib berilishi hajmi ancha oshgan. “Biz qurol-aslahadan qancha va qachon kerak bo‘lsa olishimiz mumkin. Buning uchun kerakli miqdorni aytsak bo‘ldi”, deb aytdi muxolif guruhlardan birining vakili. Uning fikricha, bu o‘zgarishlar Rossiyaning ixtilofga aralashuvi bilan bog‘liq bo‘lmoqda.

Bu holat nazarga olinsa, Suriya ixtilofi Rossiya va AQSh o‘rtasidagi vositachilik urushiga aylanishi xatari mavjud, deb ta'kidlamoqda nashr.

Nashrning yozishicha, suriyalik isyonchilar Vashingtondan va uning ittifoqchilaridan shuningdek hukumat va Rossiya aviatsiyasiga qarshi qo‘llash uchun zenit qurol-aslahalari ham so‘ramoqda. Oxirgi marta bunday so‘rov 10  kun avval Turkiyadagi tezkor markaz orqali berilgan. Nashrning ta'kidlashicha, AQSh qurol-aslaha ekstremistlar qo‘liga tushib qolishidan xavotirlanib, hozircha isyonchilarning bu iltimosini qondirishga shoshilmayapti.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish