22:44 / 14.10.2015
3900

Obama Kamerunga "Boko Haram"ga qarshi kurash uchun 300 nafar harbiy jo‘natishga ko‘rsatma berdi

AQSh prezidenti Barak Obama Kamerunga "Boko Haram" jangarilariga qarshi kurash olib borishi uchun 300 nafar harbiy jo‘natishga ko‘rsatma berdi.

Oq uy bergan ma'lumotga ko‘ra, Obama bu qaror uchun Kongress roziligini olgan.

Xabar qilinishicha, bu harbiylar guruhi jangarilar haqida ma'lumotlar to‘plash va havo orqali kuzatishlar olib borish bilan shug‘ullanishadi.

Top