Jahon | 18:53 / 14.10.2015
4554
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda chet tili bilimdonlari va o‘qituvchilarining yarmi sinovdan o‘ta olmadi

O‘zbekistonning chet tili bilimdonlari o‘rtasida malaka oshirish sinovlarining natijalari ma'lum bo‘ldi. Test sinovlarini bajargan nomzodlarning 40 foizi malaka sertifikatini qo‘lga kirita olmadi.

Eslatib o‘tamiz, ikki yil muqaddam chet tillarni o‘qitish tizimini yaxshilash maqsadida chet tilini bilish darajasini aniqlash va shunga yarasha sifat sertifikatini topshirish tizimi yaratilgan edi. Sinovlarda istagan odam qatnashishi mumkin. Baholash tizimi CEFR – chet tilini bilish darajasini baholashning umumevropacha tizimi tavsiyalariga asoslanadi.

Yaqinda Davlat test markazi o‘z bilimini sinab ko‘rgan 71 kishini tekshirib ko‘rdi. Sinovdan faqat 42 kishi, ya'ni 59.2 foizi o‘ta oldi.
Sinovdan o‘tganlarning asosiy qismini o‘qituvchilar tashkil qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish