11:01 / 14.10.2015
5190

"O‘zbektelekom" provayderlar uchun internet xizmatlari narxini yana bir marta pasaytirdi

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi 2015 yilning 9 oktabridan O‘zbekiston provayderlari uchun tashqi kanal internet-xizmatlari tariflarini 1 Mbit/s uchun 199,68 dollargacha pasaytirganini e'lon qildi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar bergan.

Tariflar bundan oldin ham bir necha marta: 1 yanvardan 259,29 dollargacha (1 Mbit/s uchun), 7 yanvardan 257,42 dollar, 8 yanvardan 253,74 dollar, 22 yanvardan 251,94 dollar, 27 fevraldan 240,2 dollar, 17 martdan 233,27 dollar, 2 iyundan 219,01 dollar, 11 iyundan 206,97 dollar, 1 iyuldan 205,12 dollar, 22 iyuldan 204,01 dollar, 3 avgustdan 202,9 dollar, 1 oktabrdan 201 dollargacha arzonlashtirilgan edi.

Ma'lumot uchun, 2014 yilda 6 marta arzonlashgan, 2014 yilning yanvaridagi 1 Mbit/s uchun 306 dollarlik narxlar dekabrga kelib, 265 dollarga tushgandi.

Top