Sport | 22:10 / 14.10.2015
4582
2 daqiqa o‘qiladi

Qatardagi JCh finalida hakamlar Murodjon Ahmadaliyevga oltin medalni ravo ko‘rishmadi

Bugun, 14 oktabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida davom etayotgan jahon chempionatida final o‘yinlari o‘tkazilishi boshlandi.

Finalga chiqqan 3 nafar O‘zbekiston vakillari orasida dastlab -56 kg vazn toifasida Murodjon Ahmadaliyev Irlandiya vakili Maykl Konlonga qarshi ringga chiqdi.

Bu o‘yinda birinchi raundda Murodjon Ahmadaliyev faol harakatlari bilan esda qolgan bo‘lsada, hakamlar 30:27 hisobida irlandiyalik sportchini ustun deb topishdi. Ikkinchi raundda ham qizil libosli bokschining faol harakatlari ko‘rinib turdi, lekin hakamlar yana Ahmadaliyevning raqibiga 29:28 hisobida ustunlik yozishdi.

Uchinchi raundda Murodjon Ahmadaliyev to‘liq ustunlik ko‘rsatdi va raqib undan ring bo‘ylab qochib yurdi.

Vaziyatlarning birida esa u irlandiyalik bokschini polga qulatdi, lekin bu g‘alaba uchun yetarli bo‘lmadi. Hisob yana 29:28.

Natijada, bahsda 3:0 hisobi qayd etilib, Konlonga g‘alaba yozildi.

Shu tariqa Murodjon Ahmadaliyev O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga ilk kumush medal olib keldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish