Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 10:04 / 14.10.2015
3591
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘iston va Qirg‘iziston avtomobil aloqasi haqidagi kelishuvga o‘zgartirish kiritishdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev “Qozog‘iston va Qirg‘iziston hukumatlari o‘rtasidagi xalqaro avtomobil aloqasi to‘g‘risidagi 2003 yil 25 dekabrdagi kelishuvga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha protokol ratifikatsiyasi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Unga ko‘ra, avtotransport vositalarida xalqaro yuk tashishlar biryo‘la ikki davlatning ruxsatisiz ham amalga oshirilishi mumkin. Agarda yuk bir davlat hududi orqali boshqasiga yetkazilayotgan bo‘lsa, unda yukni qabul qilayotgan tomonning ruxsatnomasi talab etiladi.