Jamiyat | 12:48 / 14.10.2015
3651
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonlik poraxo‘r qariyb 4 mln dollar jarima to‘ladi

Qozog‘iston tabiiy monopoliyalarni boshqarish agentligining sobiq raisi Murat Ospanov pora olishga harakat qilganlikda ayblanib, 3.9 mln dollar jarima to‘ladi. Bu haqda Ostona sudi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu yilning fevral oyida sud amaldorni 200 ming dollar pora olishda aybdor deb topgan edi. U tabiiy monopoliyalar sub'yekti bo‘lgan “Atirau Jariq” AJga “homiylik” qilish va'dasi bilan pul tama qilgan.

Endilikda korruptsioner qariyb 4 mln dollar jarima to‘laydigan bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish