Jahon | 00:53 / 14.10.2015
5827
2 daqiqa o‘qiladi

Ramzon Qodirov Moskvada qo‘lga olingan terrorchining avvalroq o‘lgani haqidagi xabarni “qaynoq izlar asosida” aytganini ma'lum qildi

Ramzon Qodirov Moskvada qo‘lga olingan terrorchi Aslan Boysultanovning avvalroq go‘yoki o‘lgani haqidagi aytgan xabari borasidagi vaziyatga oydinlik kiritdi.

Avvalroq OAVda Boysultanov qo‘lga olinishidan bir necha kun avval Checheniston rahbari uning ismini Grozniyda o‘ldirilgan jangarilar qatorida aytib o‘tgani haqidagi ma'lumot paydo bo‘lgandi.

“Grozniyda operatsiya o‘tkazgan huquq-tartibot muassasalari rahbarlari voqea joyida Chergizov, Boysultonov va Mazayev nomlariga uchta pasport aniqlanganini aytishgan edi. Bu haqda men “qaynoq izlar asosida” OAV savollariga javoban aytganman. Tezkor-tergov guruhining keyingi ishida o‘lganlar orasida Boysultonov yo‘qligi aniqlangan. Bir necha soatdan keyin Grozniydan Rossiya IIV va FXXga yuborilgan xabarda Boysultonov o‘rniga Bashanev o‘ldirilgani yozilgan edi”, deb yozdi Qodirov instagramda.

Ramzon Qodirov Checheniston huquq-tartibot muassasalari xodimlarining sifatli ishlagani tufayli Moskvadaga terakt bartaraf etilganini ta'kidlab o‘tgan.

Avvalroq Boysultonov Chechenistondan Moskvaga bomba olib kelgani ma'lum bo‘lgandi. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, Boysultonov va uning sheriklari IShIDning Suriyadagi lagerlarida tayyorgarlikdan o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish