Jahon | 08:19 / 14.10.2015
3952
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Mudofaa vazirligi Pentagonga Suriyada parvozlar xavfsizligi bo‘yicha takliflar yubordi

Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyada parvozlar xavfsizligi bo‘yicha kelishuvlar loyihasini tayyorladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“2015 yil 10 oktabrda erishilgan kelishuvlarni bajarish davomida, Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan Suriya havo hududida operatsiyalar o‘tkazishda parvozlar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha Rossiya-AQSh kelishuvlari bo‘yicha takliflar tayyorlandi”, deb aytilmoqda vazirlikda.

Ushbu takliflar harbiy-diplomatik kanallar orqali AQShlik harbiylarga berildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish