15:53 / 14.10.2015
4671

Rossiya va AQSh elchilari Turkiya TIVga chaqirildi

Rossiya va AQSh elchilari Turkiya TIVga chaqirildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Turkiya mutasaddilarining fikricha, Moskva va Vashington Suriya kurdlariga ko‘mak bermoqda. AQSh va Rossiya diplomatik missiyalarining rahbarlari Jon Bass va Andrey Karlovlar Kurd demokratik ittifoqiga yordam ko‘rsatish mumkin emasligidan ogohlantirildi.

BMT Bosh Assambleyasi sammitidagi chiqishida Turkiya bosh vazir Ahmat Dovudo‘g‘li chet el davlatlari kurd tashkilotlariga yordam berishini qattiq tanqid ostiga olgan edi.

Top