09:22 / 14.10.2015
3571

Sathay Pacific aviakompaniyasi Rossiya raketalari tufayli Kaspiy dengizi ustidan parvozlarni to‘xtatdi

Gonkongning eng yirik aviakompaniyasi Cathay Pacific Eron va Kaspiy dengizi ustidan parvozlarni Suriyadagi jangarilar pozitsiyalariga Kaspiy dengizidan Rossiya raketalari otilayotgani sababli to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda South China Morning Post nashri ma'lum qildi.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, aviakompaniya Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligining qanotli raketalar yo‘lovchi samolyotlariga xavf solishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishiga amal qilgan. Bu hududlardan parvozlar 8 oktabrdan to‘xtatib qo‘yildi. Xususan, avval Kaspiy dengizi ustidan o‘tgan Rimga reyslar hozirda Shimoliy Xitoy yoki Moskva orqali amalga oshirilmoqda.

Aviakompaniya parvozlar to‘xtatilganini tasdiqladi va vaziyatni tahlil qilayotganini aytdi.

Nashrning ta'kidlashicha, agar raketalar otilishi davom etsa, boshqa aviakompaniyalar, jumladan Air France ham ushbu hududlar ustidan parvozlarni to‘xtatishi mumkin.

7 oktabrda Rossiya harbiy-dengiz floti Kaspiy flotiliyasining 4 ta raketa kemasi “Kalibr” rusumidagi 26 ta raketa bilan IShIDning Suriyadagi pozitsiyalariga zarba bergan. 

Top