16:16 / 14.10.2015
2909

Shtefan Effenberg: Kimdir "o‘zgacha murabbiy", kimdir "oddiy murabbiy", men esa yangi murabbiyman

"Paderborn" jamoasiga yangi bosh murabbiy sifatida tayinlangan Shtefan Effenberg o‘zining yangi lavozimidagi ilk intervyusini berdi.

"Bugun men o‘zimni Norvegiyadagidek his qilmoqdaman (Bugun Paderbornda qor yoqqan).

Men bu jamoada ish boshlaganimdan xursandman. Rahbariyat bilan tez kirishib ketdik. Shartnoma imzolanishiga shubham yo‘q edi.

Ishni boshidan boshlaymiz. Birinchi navbatda futbolchilarni o‘z kuchlariga ishonishga o‘rgatishim lozim. Jamoada istiqbolli potensial mavjudligini bilaman.

Kimnidir "alohida murabbiy" deyishadi, (Joze Mourino - "Special One") kimdir o‘zini "oddiy murabbiy" deb ataydi (Yurgen Klopp - "Simple one"). Men esa yangi murabbiyman (New one).

Endi Paderbornda yashay boshlayman. Bu jamoadan darhol ketmoqchi emasman, hozirgi shartnomamiz 2017 yilning yoziga qadar tuzilgan bo‘lsada, bu jamoaga tramplin sifatida qaramoqchi emasman", deydi u.

Qayd etish kerakki, o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Bundesligani tark etgan "Paderborn" yangi mavsumda ikkinchi ligada ham ko‘ngildagidek ishtirok eta olmayapti. Jamoa ayni vaqtda 10 turdan keyin turnir jadvalida 15-o‘rinda turibdi.

Biroz oldinroq, Shtefen Effenberg murabbiylik faoliyatini "Paderborn"da boshlagani xabar qilingandi

Top